Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram'ning yangi versiyasida Facebook'dagi imkoniyat paydo bo‘ldi
Instagram’da jonli videotranslyatsiyalar qilish imkoni paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniya o‘zining rasmiy blogi orqali ma'lum qildi.
Translyatsiyalar Instagram Stories bo‘limida chop etiladi. Video tagida so‘nggi izoh va “Like”lar, yuqori qismida esa tomoshabinlar soni ko‘rsatiladi.
Translyatsiya boshlanishidan avval o‘quvchilar bu haqda xabar olishadi. Translyatsiya yakunlangach, u 1 kun davomida o‘chib ketadi. Uni odatiy surat va videolar kabi saqlab qolib bo‘lmaydi.
Hozirda funksiya barcha foydalanuvchilar uchun mavjud emas. Kompaniya asta-sekinlik bilan qolgan foydalanuvchilar ham ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin bo‘lishini ma'lum qilgan.
Ilovaning yangi versiyada translyatsiyadan tashqari, o‘z-o‘zidan o‘chib ketadigan surat va videolar yuborish imkoni paydo bo‘lgan. U ham Instagram Stories’ga o‘xshaydi, biroq uni faqatgina shaxsiy xabarda yuborish mumkin va u bir nechta foydalanuvchiga yuborilishi mumkin, xolos.
Mavzuga oid
16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi
12:02 / 09.01.2025