Kechki dayjest: 21 noyabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 21 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Turkiyada O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi
Otaturk nomidagi Istanbul xalqaro aeroportida 9,5 mln dollar miqdoridagi pulni noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan 7 kishi qo‘lga olingan.
>>> Batafsil.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasiga oid to‘qqiz oylik natijalar e'lon qilindi
2016 yilning yanvar-sentabr oylarida jami bozor xizmatlari hajmi 65 046,6 mlrd so‘mni tashkil qildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga oshdi.
>>> Batafsil.
Turkiya O‘zbekiston tomoni o‘z fuqarolari uchun vizalarni bekor qilishiga umid bildirdi
Anqara O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qilgan va Toshkent tomoni ham shunday qadam tashlashini kutmoqda.
>>> Batafsil.
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha keskin o‘zgarishlar amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish tartibi jiddiy o‘zgarishi kutilmoqda.
>>> Batafsil.
OTIH sammiti ishtirokchilari yakuniy deklaratsiyani qabul qilishdi
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Limada bo‘lib o‘tgan sammit yuzasidan yakuniy deklaratsiyani qabul qilishdi. Hujjat matni anjuman saytida e'lon qilingan.
>>> Batafsil.
BAAda "1" ko‘rinishidagi avtomobil raqami sotildi
19 noyabrda Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan auksionda "1" ko‘rinishidagi avtomobil raqami 31 mln dirhamga (8,45 mln dollar) sotildi.
>>> Batafsil.
Haftaning eng qiziqarli, foydali va sara maqolalari
Kunlar o‘taveradi, ular oylarga qo‘shilib, yillarni shakllantiradi. Yillar ham Oliy vaqtga qo‘l berib, noma'lum bo‘shliqqa singib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Mana shu jarayonda kimdir bu hayot bilan vidolashdi, yana kimningdir hayotida yangi sahifa ochiladi, insoniyat hayotida o‘yga toldiruvchi ishlar bo‘lib o‘tadi.
>>> Batafsil.
Kobuldagi masjidda portlash ro‘y berdi: o‘nlab qurbonlar bor
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi masjidlardan birida ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 nafarni tashkil qilmoqda, yana 35 kishi jarohatlangan.
>>> Batafsil.
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmning Yevropaga yo‘l olishida devor vazifasini o‘taydi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, uning mamlakati terrorchilarning Yevropaga o‘tishida devor vazifasini o‘tamoqda va ayni vaqtda terrorchilikka qarshi kurashda NATO yordamiga muhtojdir.
>>> Batafsil.
Hindistondagi poyezd halokati oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 142 nafarni tashkil qilmoqda
Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida tezyurar poyezdning halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 142 kishiga yetdi, 200 nafardan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda The Indian Express nashri xabar tarqatdi.
>>> Batafsil.
Guruch Hindistonda paydo bo‘lganmi yoki Xitoyda?
Britaniyalik arxeologlar Hindistonning qadimiy aholisi taxminan 4,5 ming yil avval guruch yetishtirishni boshlaganiga oid, avval noma'lum bo‘lgan dalillarni topishdi.
>>> Batafsil.
Yaponiya kompaniyasi To‘raqo‘rg‘onda issiqlik elektr stansiyasini barpo etadi
Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd.” kompaniyalari (MHPS) O‘zbekistonning Namangan viloyatida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini barpo etadi.
>>> Batafsil.
AQShdan BAAga ishlash uchun borgan rossiyalik yigitning amirliklardagi hayot haqidagi mushohadalari
Umuman boshqa madaniyatga ega boy mamlakatga pul topish uchun borish jiddiy hayot sinovidir. Begona muhit bosimini hamma ham ko‘tara olmaydi.
>>> Batafsil.
Yevropaning eng notinch shaharlari reytingi tuzildi
Nosteltur sayyohlik portali versiyasiga ko‘ra, Yevropaning eng notinch 15 shahri reytingi tuzildi. Bu haqida «Ispaniya po-russki» sayti ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
Messiga 100 mln yevro taklif qilayotgan jamoa nomi ma'lum bo‘ldi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messiga klub bilan shartnoma muddatini uzaytirmasligi uchun 100 mln. yevro taklif qilgan jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Ispaniya chempionati o‘yinlari O‘zbekistondagi telekanal tomonidan translyatsiya qilinadi
UzReport TV telekanali Ispaniya chempionati translyatsiyasi huquqini xarid qildi. Chempionat o‘yinlarini 13-turdan boshlab telekanal orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020
Farg‘onada shaharlarga yangi hokimlar, propiska haqda yangi qonun loyihasi, Turkiyada koronavirusga qarshi yangi choralar va kunning boshqa xabarlari
21:19 / 03.04.2020