Sobiq qozog‘istonlik bokschi jangdan keyin sun'iy koma holatiga kiritildi
Sobiq qozog‘istonlik bokschi, hozirda Germaniyada yashaydigan bokschi Eduard Gutknext britaniyalik bokschi Jorj Grouvzga qarshi jangdan keyin shifoxonaga tushib qoldi. Jang hakamlari g‘alabani ochkolar bo‘yicha Grouvzga berishdi. 34 yoshli Gutknext esa jangdan so‘ng kiyinish xonasida hushini yo‘qotgan.
Bokschi darhol shifoxonaga olib borilgan va u yerda zudlik bilan operatsiya qilingan. Shifokorlar bokschining holatini barqarorlashtirish maqsadida uni sun'iy koma holatiga kiritishga qaror qilishgan, deb yozmoqda L'Equipe nashri.
Gutknext Qozog‘istonda tug‘ilgan. Professional ringda 36 ta jang o‘tkazib, ulardan 30 tasida g‘alaba qozongan, 5 tasida mag‘lub bo‘lgan va bir jangni durang bilan yakunlagan.
Mavzuga oid
22:02 / 01.10.2024
Qozog‘iston Xitoyga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yana bir gazquvuri qurmoqchi
12:50 / 30.09.2024
Qozog‘iston o‘zbek etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024