Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda har beshinchi nikoh qiz olib qochish orqali amalga oshiriladi
Qirg‘izistonda hanuzgacha qadimiy odatlardan biri – qiz olib qochish mavjud bo‘lib, mamlakatdagi nikohlarning beshdan biri aynan shu yo‘l bilan amalga oshar ekan. Bunday ma'lumotlar Qirg‘izistonda o‘tkazilgan "Genderning jamiyat tomonidan qabul qilinishi" deb nomlangan tadqiqot davomida olindi. Bu haqda 24.kg sayti xabar bermoqda.
"Ayollarni ularning roziligisiz olib qochish orqali nikoh qurish butun mamlakat bo‘ylab oz yoki ko‘p darajada kuzatiladi: Bishkekda 2 foizdan Norin viloyatida 21 foizgacha. Ko‘pincha o‘rta ma'lumotga ega yoki umuman ma'lumotga ega bo‘lmagan qizlar hamda nochorroq oilalar farzandlari o‘g‘irlanadi. Bunday holat qishloqlarda shahardan deyarli ikki marotaba ko‘proq yuz beradi", deyilgan hujjatda.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, qiz olib qochish qadimda kam uchragan, biroq hozir ommalashib ketgan.
Ma'lum bo‘lishicha, ayolning roziligisiz majburiy nikoh qurishlar Norin, Issiq-ko‘l va Talas viloyatlarida keng tarqagan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025