O‘zbekiston | 16:12 / 23.11.2016
16126
4 daqiqa o‘qiladi

Milliy manfaatlarimiz va milliy qadriyatlarimiz himoyasi - bosh vazifamiz!

Kreativ axborot muhiti

Milliy axborot xavfsizligini ta'minlash vazifalarini hal etishni bugunning eng dolzarb vazifasi, deb hisoblaymiz. Rivojlangan milliy axborot makoni — mustahkam taraqqiyot poydevori ekanligini hisobga olib, uning izchillik bilan takomillashuviga erishish lozim.

Yoshlarning kamolotiga xizmat qiladigan kreativ axborot muhitini, samarali axborot-ta'lim makonini yaratish, bolalarni ularning jismoniy va ma'naviy-axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazadigan axborotlardan muhofaza qilishga barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz. Bundan tashqari, ijtimoiy ongda milliy g‘oya shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini axborot jihatidan ta'minlashni yanada kuchaytirish oldimizda turgan dolzarb ­vazifadir.

Farzandlari sog‘lom va barkamol yurt qudratli bo‘lur

“Dunyoda hech bir narsa mamlakatni, millatni sportchalik dunyoga tez tanitmaydi, mashhur qila olmaydi” tamoyili asosida sportning barcha turlari, ayniqsa, Olimpiada o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan hamda milliy turlarini har ­tomonlama qo‘llab-quvvatlash ­yetakchi vazifamizdir.

Biz milliy qadriyatlarimiz, matonat, jasorat, vatanparvarlik va insonparvarlik asoslarini o‘zida yorqin mujassam etgan va bugun dunyoning 130 ga yaqin mamlakatida kurash federatsiyalari tashkil etilganligini hisobga olib, o‘zbek kurashini Olimpiya o‘yinlari qatoriga kiritish maqsadida xalqaro Kurash federa­tsiyasi, Xalqaro va milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan aloqani har taraflama mustahkamlashni bu boradagi eng asosiy vazifamiz, deb bilamiz. Biz o‘zbek kurashining Olimpiada o‘yinlari dasturidan o‘rin olishi uchun bor kuch va imkoniyatimizni safarbar etib, bu ulug‘vor maqsad uchun oxirigacha ­kurashamiz.

Milliy manfaatlar har narsadan ustun

Tashqi siyosat sohasida biz O‘zbekistonning tinchliksevar ­siyosati va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligini qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston Respublikasi faol tashqi siyosatining asosiy maqsad va vazifalarini bugungi murakkab sharoitda, mintaqada xavfsizlikka va ­barqarorlikka tahdidlar saqlanib qolayotgan bir vaziyatda amalga oshirmoqda, deb hisoblaymiz.

O‘zbekiston xalqining madaniyati va san'ati yutuqlarini keng ­miqyosda targ‘ib etib, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy ­imijini har tomonlama mustahkamlab borishimiz zarur.

Insoniyat tamaddunining qadimgi transchegaraviy yo‘nalishi bo‘lgan Sharq va G‘arbni birlashtiruvchi, iqtisodiy, siyosiy va madaniy-insonparvarlik sohalardagi hamkorlik aloqalarini institutsional mustahkamlash va kengaytirishda muhim o‘rin tutadigan Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash, kuchli “Buyuk Ipak yo‘li” brendini ilgari suramiz.

Aziz do‘stlar!

Bizning asosiy g‘oyamiz — ­Vatanimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash orqali iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur'atlari, xalqimiz farovonligi va mamlakatimizning bundan buyon ham gullab-yashnashiga bor kuch-qudratimizni ­bag‘ishlash orqali jonajon O‘zbekistonimizning milliy manfaatlari yo‘lida fidokorona xizmat qilishdir.

Biz uchun yagona va ustuvor maqsad, bu — O‘zbekiston manfaati va yana bir bor O‘zbe­kiston manfaatidir.

Reklama huquqi asosida

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid