Jahon | 14:16 / 23.11.2016
15026
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning bosh lyustratori lavozimiga 23 yoshli qiz tayinlandi

Foto: Facebook/Anna Kalinchuk

Ukraina adliya vazirligi lyustratsiya masalalari bo‘yicha departament direktori lavozimiga 23 yoshli Anna Kalinchukni tayinladi. Bu haqida «Ukrainskiye novosti» agentligiga mamlakat adliya vaziri Pavel Petrenko xabar berdi

"Departament jamoasi to‘planib, Anyaning nomzodini taqdim etdi. Men ham bu taklifni qo‘llab-quvvatladim", - dedi Petrenko. 

U departamentning sobiq rahbari Tatyana Kozachenkoning  iste'fosi rejalashtirilgan bo‘lganini qo‘shimcha qildi, zero ayol davlat xodimi lavozimda 2 yildan ortiq ishlamoqchi emasdi. 

Manbaga ko‘ra, Anna Kalinchuk Lvov viloyatida tavallud topgan, Milliy Ostrog akademiyasini tamomlagan, shu kunga qadar Kozachenkoning yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan. 

Mavzuga oid