Jahon | 09:02 / 24.11.2016
3731
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyadagi yirik kompaniyalarda tintuvlar o‘tkazildi

Foto: yonhap

Janubiy Koreya prokuraturasi xodimlari Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe va uning dugonasi Tsoy Sun Sil atrofidagi korruptsion mojaro tufayli mamlakatdagi eng yirik konglomeratlar bo‘lgan Lotte va SK Group ofislarida tintuvlar o‘tkazdilar.

"Ryonxap" axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, tintuv vaqtida idoralarda kompaniyalarning soliqqa tortilmagan biznes yo‘nalishlariga tegishli bo‘lgan ma'lumotlarni saqlovchi qattiq disklar va hujjatlar musodara qilingan. Tergovchilar konglomeratlarni Tsoy Sun Silga tegishli bo‘lgan ikkita notijorat tashkiloti hisob raqamlariga pul o‘tkazganlikda gumon qilmoqdalar.

Janubiy Koreya prokuraturasi bundan avval xuddi shu sabablarga ko‘ra davlat pensiya jamg‘armasi va Samsung kompaniyasi bosh qarorgohlarida tintuvlar o‘tkazgandi. 

Mavzuga oid