Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Amerikaning ilk askari qurbon bo‘ldi
AQSh mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Tebranmas qat'iyat» harbiy amaliyoti saytida 2015 yili Suriyaga yuborilgan amerikalik askarlardan birining vafot etgani xabar qilindi.
Shundan so‘ng, marhum harbiy xizmatchining oila a'zolariga harbiy amaliyot komandiri Stefen Taunsend va Pentagon rasmiy vakili Esh Karter hamdardlik bildirgan.
Ismi oshkor qilinmayotgan askar Raqqa shahridan 50 km uzoqlikdagi Ayn-Issa shahrida halok bo‘lgan. Ushbu shahar IShID terrorchilik guruhining ma'muriy markazi hisoblanadi. Pentagon bayonotiga ko‘ra, uning o‘limiga qo‘lbola bombaning portlashi sabab bo‘lgan.
Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan 2015 yil sentabr oyi oxirlarida boshlangan Suriyadagi harbiy amaliyotlari chog‘ida, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 19 nafar harbiy xizmatchi hayotidan mahrum bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025