Jahon | 08:48 / 26.11.2016
5334
1 daqiqa o‘qiladi

Nadejda Savchenko mustaqil siyosatchi bo‘lmoqchi

Foto: TASS/Zuma

Ukraina xalq deputati Nadejda Savchenko o‘zining mustaqil siyosiy faoliyatini boshlashi haqida e'lon qildi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».

«Men partiyaga a'zo bo‘lmayman. Men mustaqil siyosatchi bo‘laman. O‘z fondimni ochaman», — degan deputat. 

Savchenko shuningdek, siyosiy partiya tuzish niyatida ekanini ham bildirgan. 

Shu bilan birga, Savchenko Ukraina Oliy radasidagi «Batkivshina» partiyasi fraksiyasi tarkibidan chiqish niyati yo‘qligini ham qo‘shimcha qilgan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid