Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgda o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston vakili finalga chiqdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida finalchilar nomi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Olamsport xabar bermoqda.
60 kg vaznda qatnashayotgan Bilolbek Mirzarahimov turkiyalik Nejat Ekinchini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uning finaldagi raqibi AQSh bokschisi Delant Jonson bo‘ladi.
52 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Otabek Xolmatov yarim finalda yaponiyalik Xayato Tsutsumiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
56 kg vazndagi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop egasi Shunqor Abdurasulov amerikalik Mark Kastroga 0:4 hisobida yutqazdi.
91 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shohruz Rahimov esa rossiyalik raqibi Vladimir Ujunyanga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
14:10 / 14.05.2025