Jahon | 10:48 / 27.11.2016
5317
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilning Hayfa shahrida yong‘inlar tufayli 130dan ortiq kishi jarohatlandi

© AFP

Isroilda bir haftadan buyon avj olgan yong‘inlar fonida Hayfa shahrida 132 kishi turli darajada jarohatlar olgan. Bu haqda "Gaarets" gazetasi xabar berdi.

Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxonaga keltirilganlarning aksari tutundan dimiqqan va bu ularning hayoti uchun jiddiy xavf emas.

O‘tgan haftada Isroilning bir qancha hududlarida bir vaqtda yirik o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘inlar Quddus shahri yaqinidagi Nataf tumanida ham avj olgan. Shuningdek, Tel-Aviv va  Quddus shaharlari o‘rtaligida joylashgan Latrun tumanida ham daraxtlar va butalar yonmoqda. Mamlakat shimolidagi Hayfa, Xadera va Zixron-Yaakov shaharlari atrofida og‘ir vaziyat yuzaga kelgan. Bir qator tumanlarda favqulodda vaziyat joriy etilib, aholi evakuatsiya qilinmoqda.

Isroilga yong‘inga qarshi kurashda o‘z yordamlarini Rossiya, Gretsiya, Italiya, Xorvatiya, Kipr, Ispaniya, Turkiya va Ozarboyjon kabi davlatlar taklif qilgan.

Mavzuga oid