Sport | 19:10 / 27.11.2016
5962
1 daqiqa o‘qiladi

Raneri «Lester»ning APLdagi rejalariga aniqlik kiritdi

«Lester Siti» bosh murabbiyi Klaudio Raneri APL doirasidagi «Midlsbro»ga qarshi uchrashuvdan keyin (2:2) o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz bu mavsumda APLda jon saqlab qolish uchun kurashayotganimizni tushunishimiz kerak. Shuning uchun jamg‘arilgan har bir ochkoning qiymati juda yuqori. Biz g‘alaba qozonishni istagandik. Ammo 93-daqiqagacha yutqaza turib buni uddalab bo‘lmaydi.

Xavotirga  tushayotganim yo‘q. Ammo men juda pragmatik insonman. Sabr qilishni o‘rganishimiz kerak, ertami kechmi biz bu vaziyatdan chiqib ketamiz va o‘z saviyamizga qaytamiz», — degan Raneri Sky Sports xabarida. 

Hozircha, «tulkilar» 13 uchrashuvda 13 ochko to‘plab APL jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid