Jamiyat | 16:54 / 27.11.2016
9744
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyalik Angela Merkelning ota-onasi uning kelajagi uchun kurashmoqchi

Germaniya hukumati qizlarini mamlakat kansleri ismi bilan atagan suriyalik oilaga boshpana berishdan bosh tortdi.

Bir yoshga to‘lgan Angela Merkelning ota-onasi qizlari Germaniyada butunlay qolishi uchun kurashishni maqsad qilishgan.

Qizning onasining ismi Cheta Al-Xamza bo‘lib, Germaniyaga 2015 yilda kelgan. Otasi esa Mamun Al-Xamza. Uning rafiqasi huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olgan, ammo mamlakatdagi qurolli qarama-qarshilik sabab diplom olishga muvaffaq bo‘lmagan. 

— Biz Suriyani urush sabab tark etdik. IShID ham Bashar Asadning hukumat kuchlari ham meni o‘z tomonlariga og‘dirib olishga harakat qilishdi. Shu sabab biz mamlakatni tashlab ketishga majbur bo‘ldik, — dedi Mamun Al-Xamza. — Men Suriya xalqini yaxshi ko‘raman, shu sabab na u va na bu tomonda jang qilishni istamayman. 

Ular Duysburgda dunyoga kelgan qizlariga mamlakat kansleri hurmati uchun uning nomini berishgan.  

Ular qonuniy asosda Germaniyada qolish uchun ruxsatni kutib Menxengladbax shahrida yashayotgan edilar. Ammo oilaga Suriyadagi qurolli nizolar tugagach, Germaniyadan ketishlari lozimligini aytishdi.

— Bizga Germaniyadan boshpana berishmadi, faqat mamlakatda bo‘lishni ta'minlovchi cheklangan huquq taqdim etuvchi hujjat berishdi. Bunday hujjatni Suriyaning ko‘plab fuqarolari qo‘lga kiritmoqda, — Mamun. — Albatta, biz Germaniyada qolishni istaymiz. Men qizimning yorqin kelajagi uchun kurashishim kerak. 

Kichkina Merkelning ota-onasi qizining kelajagini aynan Yevropada ko‘rmoqda. Yaqin vaqt ichida ular qizlarini mahalliy bolalar bog‘chasiga berishmoqchi. Ammo ular qachondir o‘z vatanlariga ham qaytib ketishlari mumkinligini rad etib bo‘lmaydi

Mavzuga oid