Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonovning rafiqasi Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi rahbarligiga qayta saylandi
Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (BBGF)ning amaldagi prezidenti, ushbu sport turi bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova tashkilot prezidentligiga to‘rtinchi marta saylandi.
Bugun BBGFning Novogorsk shahrida o‘tkazilgan konferensiyasida Alisher Usmonovning turmush o‘rtog‘i bo‘lmish Irina Viner-Usmonova nomzodini federatsiyaning barcha hududlardagi vakillari qo‘llab-quvvatlagan.
Konferentsiyada tashkilot prezidenti 2013–2016 yillardagi faoliyati bo‘yicha hisobot berdi. Yig‘ilishda BBGFning prezidentidan tashqari, ijrochi direktor, vitse-prezident va federatsiya Ijroqo‘mi saylangan.
Irina Viner-Usmonova 1992 yildan Olimpiya tayyorlash markazi bosh murabbiyi, 2001 yildan badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Viner-Usmonova 2008 yili BBGF prezidenti etib saylangandi.
2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida Rossiya badiiy gimnastikachilari 2ta oltin va 1ta kumush medal oldi.
Eslatib o‘tamiz, 27 noyabr kuni Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbarligiga qayta saylangandi.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
19:54 / 08.02.2025