Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtobus yo‘lovchisi mast haydovchining o‘rnini egalladi
Tallin – Riga yo‘nalishida qatnovchi avtobusdagi ayol yo‘lovchilardan biri mast holatda transport vositasini haydayotgani uchun hibsga olingan haydovchining o‘rnini egallashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Delfi portali xabar bermoqda.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 26 noyabrda Tartu – Pyarnu – Ikla trassasida yuz bergan. Politsiyada Latviya chegarasi tomon kelayotgan va keskin tormozlanib, avariyaviy holatlar vujudga keltirayotgan avtobus shubha uyg‘otgan.
Politsiyachilar avtobusni to‘xtatganlarida uning haydovchisi mast ekanini aniqlashgan va uni mashinani haydashdan chetlatishgan. Shunda yo‘lovchilardan biri, Triyn Kibur ismli ayol avtobusni haydashda yordam berishi mumkinligini aytgan. Ayolda avtobusni haydashga ruxsat beruvchi D toifadagi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan.
Politsiyachilar bunga qarshilik qilishmagan va ayol yo‘lovchilarni Latviya chegarasigacha eson-omon yetkazib qo‘ygan. Biroq chegarada yo‘lovchilar baribir boshqa avtobusni bir necha soat kutishlariga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda avtobusga egalik qiluvchi kompaniya norozi yo‘lovchilardan ko‘plab tanbeh eshitgan.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025