Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda elektrostansiyadagi halokat bo‘yicha 9 kishi hibsga olindi
Xitoy politsiyasi dushanba kuni qurilayotgan elektrostansiyadagi halokat ishi yuzasidan to‘qqiz kishini hibsga oldi. Ular 74 kishining hayotiga zomin bo‘lgan hodisa tufayli jinoiy javobgarlikka tortilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “Sinxua” agentligi politsiyaga tayangan holda.
Eslatib o‘tamiz, noxush voqea Xitoy shimolidagi Tszyansi provinsiyasining Fenchen shahar okrugida 25 noyabr kuni yuz bergan. Elektrostansiyaning qurilayotgan sovutish minorasi qulab tushishi oqibatida 74 kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi jarohatlangan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida Yineng Tower Engineering Co. Ltd. kompaniyasi boshqaruv kengashi rahbari va obektning bosh muhandisi bor.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025