Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil HHK IShIDning Suriyadagi qarorgohiga zarba berdi
Isroil harbiy aviatsiyasi 28 noyabrga o‘tar kechasi IShID terrorchilarining Suriya bilan chegaradosh tumanlaridagi bazalariga zarbalar berdi. Bu 27 noyabrda jangarilarning isroillik harbiylarga uyushtirgan hujumlariga javoban tashkil etilgan, deb xabar qilmoqda armiya matbuot xizmati.
IShID jangarilari va Isroil armiyasi askarlari o‘rtasidagi ilk harbiy to‘qnashuvlarning uzviy davomi bo‘lgan bombardimonlar natijasi haqida e'lon qilinmagan.
"Isroil HHK BMT tashlab ketgan binoga zarba berdi. IShID jangarilari Jo‘lon tepaliklarining Suriyaga qarashli hududlaridan o‘z amaliyotlarini amalga oshirishda ushbu binodan baza sifatida foydalangan", — deyiladi Isroil armiyasi xabarida.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025