Ford o‘zini-o‘zi to‘xtatuvchi motor yaratdi
Ford kompaniyasi kichik og‘irliklar bir silindrini to‘xtatish tizimi bilan jihozlangan uch silindrli motorni ishlab chiqayotgani haqida ma'lum qildi. EcoBoost litrli agregatining yangi nusxasi 2018 yilning boshida paydo bo‘ladi. Texnologiya yoqilg‘ini olti foizga tejab qolish imkonini beradi.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, bunday texnologiya qo‘llanilgan uch silindrli motor tarixda ilk bora ishlab chiqilmoqda. Yangilik ustida Germaniya, Buyuk Britaniya va amerikalik “Ford” muhandislari ishladi.
Tsilindrlardan birining avtomatik to‘xtashi katta bo‘lmagan tezlikda amalga oshishi mumkin. Bunda dvigatelning barcha quvvati kerak bo‘lmaydi. Yoqilg‘ini yetkazib berish jarayoni yoki ishni tiklash 14 millisoniyadan ko‘p vaqtni olmaydi. Ford’ning ishonch bildirishicha, haydovchilar motorning ikki silindrga o‘tishi va aksincha holatni deyarli sezmaydi. Yangilik dvigatelning 4,5 mingdan ko‘proq bo‘lgan aylanishida ishga tushadi.
Mavzuga oid
21:36 / 20.11.2024
Ford kompaniyasi Germaniyada salkam 3 mingta ish o‘rnini qisqartiradi
21:35 / 18.11.2024
Ford xavfsizlik kamarlaridagi muammo sabab 112 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi
14:51 / 28.03.2024
O‘zbekistonga motor moyining noqonuniy olib kirilishi holati fosh etildi
22:45 / 28.02.2023