O‘zbekiston | 14:51 / 28.03.2024
4081
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga motor moyining noqonuniy olib kirilishi holati fosh etildi

Yuk kuzatuv hujjatlaridan tushib qolgan 220 mln so‘mlik tovar fosh bo‘ldi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Xorijdan “Yallama” chegara bojxona posti orqali mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga olib kelingan tovarlar bilan yuklangan MAN TGX 18.440 rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 220 mln so‘m bo‘lgan 440 dona har biri 4 litrdan bo‘lgan High Ultra 10W-40 motor moyi borligi aniqlandi.

Jismoniy va yuridik shaxslar amaldagi tartiblarga muvofiq O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tishda o‘zi bilan olib ketayotgan tovar va moddiy boyliklarni belgilangan me’yorlar asosida ishonchli va to‘g‘ri deklaratsiyalanishi uchun qonun hujjatlarga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid