Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti ishi bo‘yicha yangi maxsus prokuror tayinlanadi
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe korrupsiya mojarosi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri guvohlik berishini ma'lum qildi. U buning uchun maxsus prokurorni tayinlaydi, deb xabar qilmoqda Ryonxap agentligi prezident ma'muriyatiga tayangan holda.
Surishtiruv jarayonini olib boruvchi maxsus prokurorga Seul prokuraturasining sobiq rahbari Pak Yon Su aylanishi mumkin. Uni muxolif partiyalar tavsiya qilishgan. Ayni damda xususiy huquqiy amaliyot bilan shug‘ullanayotgan mutaxassisning jamoasiga 105 kishi kirishi kutilmoqda.
Erkin surishtiruv jarayoni uch oy ichida yakunlanishi kerak. Shuningdek, muddat mamlakat prezidenti tasdiqlovi bilan yana bir oyga cho‘zilishi mumkin.
Tergovchilar Pak Kin Xening dugonasi Tsoy Sun Sil bilan bog‘liq janjallarga aloqasi borasidagi gumonlarni tekshirib chiqadi. Davlat rahbari bilan 40 yil davomida tanish bo‘lgan 60 yoshli ayol kompaniyalardan pora olib, davlat ishlariga aralashgan. Shu bilan bir qatorda, u hech qanday rasmiy vazifani egallamagan.
Kuni kecha esa prezident Pak Kin Xe mamlakat xalqi oldida uchinchi marotaba uzr so‘radi va muddatidan oldin iste'foga chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
20:12 / 26.05.2025
Samarqand shahrining sobiq prokurori Navoiy shahriga prokuror bo‘ldi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025