Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik fazogir kemadagi g‘alati tovushlar haqida gapirib berdi
Jahon OAVlari xitoylik birinchi fazogir Yan Liveyning, fazo kemasida 2003 yil amalga oshirgan parvozi vaqtida noodatiy tovushlarni eshitgani haqidagi so‘zlarini muhokama qilish bilan band. Yan “Shenchjou-5” kemasida parvozni amalga oshirgan bo‘lib, u Yer atrofidagi orbitaga “Chanchjen” (“Buyuk safar”) raketa-tashuvchi yordamida 2003 yilning 15 oktabr kuni olib chiqilgan.
“Fazoda men duch kelgan noodatiy holat vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lgan tovush bilan bog‘liq”, - dedi Yan. Uning ta'kidlashicha, tovush hech qanday sabablarsiz paydo bo‘lgan. “U tashqarida ham, kemaning ichida ham paydo bo‘lmadi. Kimdir kema korpusiga urayotgandek tasavvur uyg‘ondi. Bu tovushlar yog‘och bolg‘a bilan temir chelakka urgani kabi edi”, - aytib o‘tgan fazogir.
Yanning qo‘shimcha qilishicha, tovush aynan qayerdan chiqqani sirligicha qoldi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025