Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
2016 yilning 1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda o‘z missiyasini yakunlayotgan Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpulni qabul qildi. Bu haqida TIV rasmiy saytida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, uchrashuvda Turkiya elchisi faoliyatining samarali bo‘lganligi qayd etilgan. Shuningdek uning ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishga qo‘shgan hissasi yuqori baholangan.
17-18-noyabr kunlari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligining isbotidir.
Namik Erpul, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasini bajarishiga qulay imkoniyat yaratib berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
15:39 / 07.05.2025
“Geosiyosiy muammolarni deb o‘zbek mevalarini istaganimizcha ololmayapmiz” – Hindiston elchisi qarorgohidan eksklyuziv suhbat
22:02 / 14.04.2025