Sport | 11:43 / 02.12.2016
7137
2 daqiqa o‘qiladi

Chilavert «Shapekoense» futbolchilari halokatida KONMeBOLni aybladi

Paragvay terma jamoasining sobiq darvozaboni Xose Luis Chilavert Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) tomon keskin tanqidlar bildirdi. Chilavertning hisoblashicha,  «Shapekoense» klubi futbolchilari o‘limida aynan shu tashkilot aybdor.

«KONMeBOL – korrupsiya avj olgan tashkilot. Ular futbolni yo‘q qilish va buning ortidan boyishda davom etishmoqda. Bu tashkilot prezidenti eskirgan samolyotni parvozlardan olish choralarini ko‘rishi kerak edi. Bu layner aynan KONMeBOL vakili tomonidan taklif etilgan. Ular juda ko‘p yosh va umidli odamlarning o‘limiga sababchi bo‘lishdi», — deya Chilavertning so‘zlarini keltirgan Radio 10.

«Shapekoense» jamoasi 1 dekabr kuni Janubiy Amerika kubogi finalida Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» jamoasiga qarshi o‘ynashi kerak edi. Ammo 29 noyabr kuni Kolumbiyaning Medelin shahri yaqinida bu jamoaning 25 futbolchisi, jamoa xodimlari, jurnalistlar hamda ekipajning 9 a'zosi, jami 77 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Halokatdan 6 kishi omon qolgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid