Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pan Gi Mun Haitidagi vabo epidemiyasi uchun uzr so‘radi
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Haiti aholisidan tashkilot tinchlikparvar kuchlarining orolda 2010 yilda vabo tarqatishga aloqasi bo‘lgani yuzasidan rasman uzr so‘radi.
"BMT kishilarning halok bo‘lgani va vabo bezgagi sabab jabr chekkanidan chuqur afsusda. Biz kasallik paydo bo‘lishi va uning tarqalishiga oid ishlarni yetarli darajada samarali olib bormadik. BMT nomidan shuni aytishim mumkinki: biz Haiti xalqidan uzr so‘raymiz", — ma'lum qildi Pan Gi Mun BMT Bosh assambleyasining Haiti bo‘yicha maxsus sessiyasida.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2010 yildagi vabo epidemiyasi umumiy hisobda 700 ming haitiliklarni qamrab olgan. U tufayli 8,4 ming kishi vafot etdi. Mahalliy aholining fikricha, kasallik BMT tomonidan Haitiga tinchlikparvar kuchlar sifatida yuborilgan Nepal harbiy xizmatchilari tomonidan tarqatilgan. Ularni BMT bazasidagi kanalizatsion suvlar orqali davlatning asosiy daryosini ifloslantirishda ayblashgan.
Mavzuga oid
09:29 / 09.12.2024
Haitida qirg‘in: kamida 110 kishi o‘ldirildi
23:57 / 14.11.2024
Haitida bir kunda Amerikaning uchta yo‘lovchi samolyoti o‘qqa tutildi
14:30 / 04.11.2024
Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
00:28 / 19.09.2024