Jahon | 08:36 / 02.12.2016
4400
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari iste'foga ketishdan avval bir nechta davlatlarga tashrif buyuradi

Foto: © AP

Pentagon rahbari Eshton Karter 3 dekabrda xizmat safariga yo‘l oladi. U bu safar davomida bir nechta davlatlarga, jumladan, Yaponiya, Hindiston, Bahrayn, Isroil, Italiya va Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.    

Ma'lum qilinishicha, Karter 6 dekabrda Yaponiyaga yetib keladi va u yerda joylashtirilgan AQSh qo‘shinlari hamda yaponiyalik hamkasbi Tomomi Inada bilan uchrashadi. Keyinroq u Hindiston mudofaa vaziri Mano‘xar Parrikar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Karter 10 dekabrda Bahraynga, 12 dekabrda Isroilga tashrif buyuradi. Karter Isroilda bu davlat mudofaa vaziri Avigdor Liberman bilan uchrashadi.

Pentagon rahbari 13 va 14 dekabrda Italiyada bo‘ladi va "Rossiyaning Sharqiy Yevropadagi tajovuzini bostirish"ni muhokama qiladi. So‘ngra Karter Londonda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon bilan uchrashuv o‘tkazadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid