Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda BMT agentligiga 22 milliard dollar talab qilinadi
BMT tashkilotining gumanitar yordam ko‘rsatuvchi bo‘limi kelasi yilda dunyo bo‘ylab tabiiy ofatlardan ziyon ko‘rgan kishilarga yordam berishi uchun 22 milliard dollar talab qilinadi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 8,1 milliard dollar Suriya aholisiga va qochqinlarga yordam ko‘rsatishga safarbar etiladi. Umuman olganda Tashkilotning gumanitar bo‘limi 33 mamlakatdagi 93 million kishiga yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Ularning deyarli uchdan ikki qismi - Afrikada.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda jahondagi 128 milliondan ortiq kishi omon qolish va xavfsizlik sharoitlarida yashash uchun shoshilinch yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.
BMT bo‘limining ma'lum qilishicha, Yaman, Suriya, Janubiy Sudan va Nigeriyadagi mojarolar juda ko‘p kishilarni qiyin ahvolda qoldirdi. Bundan tashqari qurg‘oqchilik va El-Nino hodisasi kabi tabiiy ofatlar ham insoniyatni halokatga yetaklamoqda.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025