Jahon | 21:40 / 06.12.2016
4653
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel to‘qqizinchi marta Xristian-demokratik ittifoq partiyasi rahbarligiga saylandi

Germaniya kansleri Angela Merkel to‘qqizinchi marta «Germaniya xristian-demokratik ittifoqi» partiyasi raisligiga saylandi. Bu haqda 6 dekabr kuni Reuters agentligi xabar bergan.

Uning nomzodini Essenda (Shimoliy Reyn Vestfaliya federal yeri) o‘tkazilgan partiya s'yezdida ishtirok etganlarning 89,5 foizi qo‘llab-quvvatlagan.

Partiya rahbari har 2 yilda bir bor saylanadi. Partiyani 2000 yildan buyon Merkel boshqarib kelmoqda. U 2014 yilda delegatlarning 96,7 foizi ovozi bilan qayta saylangandi.

20 noyabr kuni Angela Merkel to‘rtinchi bor Germaniya kanslerligi uchun nomzodini qo‘yishi haqida e'lon qilgandi. 

Saylovlar 2017 yilda bo‘lib o‘tadi. So‘rovlarga ko‘ra, uni nemislarning 64 foizi qo‘llab-quvvatlaydi. 

Ma'lumot uchun, Germaniya tarixida ilk ayol kansler bo‘lgan Angela Merkel ushbu lavozimni 2005 yil, 21 noyabrdan beri egallab kelmoqda.

Mavzuga oid