O‘zbekiston | 14:11 / 21.08.2024
3435
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda barcha siyosiy partiyalarga parlament saylovlarida qatnashish uchun ruxsat berildi

MSK barcha siyosiy partiyaga Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovida qatnashish uchun ruxsat berdi.

Foto: Kun.uz

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistondagi 5 ta siyosiy partiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovida qatnashish uchun ruxsat berdi.

Saylov kodeksining 69-moddasiga muvofiq saylovda ishtirok etuvchi partiyalar ro‘yxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda e’lon qilinadi. 

Shunga ko‘ra, siyosiy partiyalardan hujjatlarning kelib tushishi navbatiga asosan quyidagi ketma-ketlikda siyosiy partiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi:

  • Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyaga;
  • «Milliy tiklanish» demokratik partiyasiga;
  • Ekologik partiyaga;
  • Xalq demokratik partiyasiga;
  • «Adolat» sotsial demokratik partiyasiga.

Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylovida saylov byulleteniga unda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning nomi, ramziy belgisi ularning saylovda ishtirok etishi uchun ijozat berilgan navbatiga muvofiq ketma-ketlikda kiritiladi.

Mavzuga oid