Jamiyat | 17:22 / 07.12.2016
4165
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada vinil plastinkalarning sotuvi raqamli yozuvlardan oshib ketdi

Foto: Flickr

Britaniyaning ERA (Entertainment Retailers Association) tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, vinil plastinkalar sotuvi hajmi ilk bor raqamli yozuvlar ko‘rsatkichidan oshib ketgan. 

Birlashgan Qirollik fuqarolari o‘tgan hafta bunday plastinkalarni 2,4 million funt sterling evaziga xarid qilishgan bo‘lsa, barcha yuklab olingan mp3-fayllarga 2,1 million funt sarflandi. Bir yil avval esa vaziyat aksincha ko‘rinishda bo‘lgan: vinil sotuvi 1,2 million funtga teng bo‘lgan bo‘lsa, raqamli yozuvlar 4,4 million funt evaziga xarid qilingan.

Vinil disklarning kutilmaganda ommalashishi “qora juma” bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, grammofon plastinkalarining Rojdestvo bayramiga sovg‘a tariqasida berilishi hamda yirik savdo markazlaridagi do‘konlar peshtaxtasida paydo bo‘lishi ham bunga turtki bergan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid