Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Astronomlar insoniyat tarixida qachon 25 soatli sutka bo‘lishini aniqlashdi
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, har yuz yilda kun davomiyligi 1,8 millisekundga uzayadi.
Buyuk Britaniyaning Darem universiteti astronomlari insoniyat tarixida qachon 25 soatli sutka bo‘lishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, 200 million yildan so‘ng bir sutka 24 emas, 25 soatdan iborat bo‘ladi.
Olimlar bunday xulosaga miloddan avvalgi 720 yildan milodiy 2015 yilga qadar bo‘lgan quyosh va oy tutilishini o‘rganish davomida kelishdi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, quyosh tutilishi sayyoramizdagi fasllar almashinuviga ta'sir o‘tkazadi.
Bundan tashqari, olimlar Yer sayyorasining Quyosh tegrasida aylanish tezligi pasayganini aytishgan, deb xabar bermoqda Sky News.
Mavzuga oid
00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi
18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
16:48 / 21.01.2025