Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. G guruhi. Mo‘'jiza yuz bermadi
To‘rtta uchrashuvda o‘z darvozasidan birorta ham to‘p olib chiqmay keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qilgan «Lester» so‘nggi turda «Portu»ga qarshi uchrashuvda bir yo‘la beshta to‘p o‘tkazib yubordi. Angliya jamoalari tarixidagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyat portugaliyaliklarga pley-off yo‘llanmasini taqdim qildi.
«Kopenhagen» esa Portugaliyada «Lester»ning ikkinchi tarkibidan mo‘'jiza kutib «Bryugge»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq bu ham jamoaga yordam bermadi va endilikda daniyaliklar Yevropa ligasida kurashni davom ettirishadi
G guruhi
Bryugge (Belgiya) – Kopenhagen (Daniya) 0:2 (0:2)
Gollar: 0:1 – 8, avtogol Mexele, 0:2 – 15 Yorgensen.
Bryugge: Byutel, Mexele, Densvil, Bolingoli-Mbombo, Kols, Rafayelov (Vanaken, 66), Pina, Jyedoz, Klaudemir, van Reyn (Vormer, 77), Uesli.
Kopengagen: Olsen, Yorgensen, Augustinsson, Ankersen (Xegli, 89), Yuxansson, Dileyni, Kvist, Tutu, Pavlovich (Keyta, 88), Kornelius, Falk (Gregush, 58).
Ogohlantirishlar: Pavlovich (10), Kvist (45), Densvil (83).
Portu (Portugaliya) – Lester (Angliya) 5:0 (3:0)
Gollar: 1:0 – 6 Andre Silva, 2:0 – 26 Korona, 3:0 – 44 Braimi, 4:0 – 64, penalti Andre Silva, 5:0 – 77 Diogu Jota.
Portu: Kasilyas, Pereyra, Felipe, Markano, Telles, Diogu Jota, Oliver Torres, Braimi, Danilu Pereyra (Ruben Nevesh, 76), Korona (Errera, 76), Andre Silva (Ruy Pedru, 78).
Lester: Xeymer, Chiluell, Ernandes, Vasilevski, Morgan, Mendi, Drinkuoter (Barns, 76), Grey, Shlupp (Olbrayton, 46), Okadzaki, Musa (Uloa, 46).
Ogohlantirish: Chiluell (38).
Mavzuga oid
16:38 / 31.01.2025
«Siti» o‘tish o‘yinlaridayoq «Real»ga duch keldi. Barcha juftliklar ma’lum
14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi
19:18 / 29.01.2025
«Siti» va «PSJ» pley-offsiz qolishi mumkin. YeChLning so‘nggi turidagi asosiy intrigalar
10:48 / 04.10.2024