Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshdagi poyezdda chiqqan yong‘in natijasida 100dan ortiq kishi jabrlandi
Bangladeshning markaziy qismi, Gazipur shahridagi Kaliganx-Arixola stansiyasidagi poyezdda chiqqan yong‘in tufayli yuzaga kelgan tanglikda 100dan ziyod kishi jarohat olgan. Dhaka Tribune shu haqida xabar berdi.
Stantsiya rahbari Dilip Chandra Dasaning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar asosan yong‘indan darak beruvchi sirenadan keyin poyezd vagonlarini tark etayotganlarida jarohat olishgan.
Manbaga ko‘ra, jabrlanganlar orasida ayollar va bolalar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yarim soatda yong‘inni o‘chirishgan, biroq Dakkaga olib boruvchi yo‘l yana bir necha soat davomida bloklangan bo‘lgan.