Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Volkswagen ishi bo‘yicha YeIning yetti mamlakatiga nisbatan tekshirish boshladi
Yevropa komissiyasi 9 dekabr kuni Germaniya va YeIning yana olti davlatiga nisbatan tekshiruvlarni boshladi. Bu holat Volkswagen ishi bo‘yicha ro‘y bergan ehtimoliy qonun buzilishlari bilan bog‘liqdir, deb xabar berdi «Interfaks».
Eng asosiy ayblovlar Germaniyaga qo‘yilmoqda. Aynan shu mamlakatda avtokonsernning qarorgohi joylashgan. Yevrokomissiya ma'lumotlariga ko‘ra, GFR hukumati «dizel mojarosi»dan so‘ng hech qanday qo‘shimcha choralarni ko‘rmagan. Shuningdek, komissiyaning fikricha, nemis hukumati ma'lumotlar bilan nayranglarga atayin yo‘l qo‘ygan bo‘lishi ham mumkin.
Germaniyadan tashqari tekshiruvlar Chexiya, Litva, Gretsiya, Lyuksemburg, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga nisbatan ham boshlandi.
Germaniya transport vaziri Aleksander Dobrindtning fikricha, mamlakat Volkswagen’ni jazolash masalasida YeI qonunchiligini buzmagan va unga bog‘liq bo‘lgan barcha ishni qilgan.
Ma'lumot uchun, Yevropa qonunlariga ko‘ra, chiqarilgan gazlar miqdorini sun'iy ravishda kamaytiruvchi uskuna yoki dasturiy ta'minotdan foydalanish – qat'iyan taqiqlangan.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025