Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Qomusimiz – nomusimiz ham sharafu ham orimiz!” deb nomlangan xayriya bayram tadbiri o‘tkazildi
Ayni kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab respublika Konstitutsiyasining 24 yilligi keng nishonlanmoqda.
“O‘zaro yordam” mehribonlik jamiyati tashabbusi bilan “3 dekabr —“Xalqaro nogironlar kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yiligiga bag‘ishlab “Qomusimiz – nomusimiz ham sharafu ham orimiz!” deb nomlangan xayriya bayram tadbiri o‘tkazildi. Unga Toshkent shahrining barcha tumanlaridan 250 nafar imkoniyati cheklangan yigit-qizlar taklif etildi. Xayriya tadbirini Toshkent shahar Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Ismoilov kirish so‘zi bilan ochdi. Qiziqarli muloqot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.

Shundan so‘ng imkoniyati cheklangan yigit-qizlar tomonidan tayyorlangan Vatanni, ozodlik va tichlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, turli raqs va sahna ko‘rinishlaridan iborat badiiy qism namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida imkoniyati cheklanganlarning qo‘l mehnati bilan yasalgan turli xil buyumlar, hunarmandchilik namunalari va sovg‘abop mahsulotlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025