Sport | 20:49 / 09.12.2016
10434
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Aviahalokatdan omon qolgan «Shapekoense» futbolchilaridan biri o‘ziga keldi va yura boshladi

«Shapekoense» aviahalokatidan keyin omon qolgan himoyachi Alan Rushel o‘ziga keldi va o‘z oyoqlarida yura boshladi.

U dalda bergani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirgan.

«Tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Tez orada Braziliyaga qaytib, davolanishni u yerda davom ettiraman. Menga dalda bergan va xabar yuborgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Hammaga rahmat» - degan Rushel.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid