Janubiy Koreya prezidentining impichmentiga nimalar sabab bo‘ldi
Koreya Respublikasi parlamenti juma kuni prezident Pak Kin Xega impichment bo‘yicha ovoz berdi. Bu uning o‘z xohishiga ko‘ra iste'foga chiqish haqidagi qaroriga qaramay ro‘y bergan. Nima uchun parlament impichmentni yoqlab ovoz berdi va prezident qanday qilib bu holatga tushib qoldi?
Pak Kin Xe qanday qilib hukumat tepasiga kelgan?
“Senuri” siyosiy partiyasi vakili bo‘lgan Pak Kin Xe 2013 yilning fevral oyida respublika prezidenti lavozimini egalladi. U o‘zining partiyadoshi Li Myon Bakni alishtirgan. Prezidentlik saylovlarida Pak saylovchilarning 51,55 foiz ovozini olib, Janubiy Koreya tarixidagi ilk ayol-prezidentga aylandi.
Kin Xening otasi Pak Chjon Xi mamlakatdagi siyosiy beqarorlikka yakun yasab bergan inqilob tepasida turgan. Shundan so‘ng Janubiy Koreya xalqi 1963 yilgi saylovlarda uni o‘z prezidenti etib sayladi.
Siyosiy inqirozga nima sabab bo‘ldi?
Siyosiy inqiroz oktabrda avj olib ketdi. Janubiy Koreyaning yetakchi OAV prezidentning yaqin dugonasi Chxve Sun Sil va ikki nafar prezidentlik ma'muriyati a'zolari prezidentning ichki va tashqi siyosiy qarorlariga ta'sir ko‘rsatgani haqida maqolalar chop etishni boshlab yuborishdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Chxve Sun Sil Kin Xe bilan 1970 yillardayoq do‘st tutingan.
Prezidentga nisbatan prokuraturaning tekshiruv natijalari Chxve Sun Sil va prezident ma'muriyatining ikki sobiq xodimi 50 dan ortiq mamlakat firmalarini o‘nlab million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni Chxve Sun Sil nazorati ostida bo‘lgan ikki jamg‘armaga o‘tkazish berishga majburlashganini ko‘rsatib berdi. Pak Kin Xe esa, prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, dugonasining xatti-harakatidan xabardor bo‘lgan va ehtimol unda o‘zi ham ishtirok etgan.
Prezidentning bunga munosabati qanday bo‘ldi?
Pak Kin Xe 25 oktabrdayoq avval dugonasi bilan siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatlashganini tan oldi. Uch kundan so‘ng esa prezident o‘z ma'muriyatining bir necha a'zolarini ishdan bo‘shatdi. Kin Xening reytingi 5 foizga tushib ketib, bu mamlakat tarixidagi eng past ko‘rsatkichga aylandi.
Seulda oktabr va noyabr oylarida bir necha yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Unda Kin Xeni o‘z lavozimidan ketishi talab qilingan. Aktsiyalarda milliondan ortiq kishi qatnashdi.
Pak Kin Xe esa 29 noyabr kuni vanihoyat lavozimidan mamlakatda hukumatni topshirish uchun barcha kerakli siyosiy sharoitlar yaratilsa, o‘z xohishiga ko‘ra ketishi haqida ma'lum qildi.
Nega impichment?
Muxolifat prezident iste'fosi yanvarga qadar amalga oshishini talab qilgandi. Bu impichment masalasi bo‘yicha ovoz berish tashabbusi ko‘tarilgunga qadar ro‘y bergan. “Senuri” deputatlari esa Pak 2017 yilning aprelida ketishi kerakligi haqida ma'lum qilishgan.
Biroq, Milliy yig‘ilishdagi muxolif kuchlar 9 dekabr kungi ovoz berish jarayonida barcha kerakli ovozlarni olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Parlamentning 300 deputatidan 234 tasi “ha” deb ovoz bergan. Bu holatda esa 200 deputatning ovozi yetarli edi. Impichmentga Pak partiyasining bir necha a'zolari ham yoqlab ovoz berishgani aniq – ular 128 mandatga ega.
Unga ko‘ra, prezident vakolati darhol to‘xtatiladi, biroq hukumatdan chetlatish haqidagi yakuniy qaror Konstitutsion sud tomonidan ovoz berish jarayoni natijalari tasdiqlanganidan keyin chiqariladi. Bunga esa yarim yilgacha vaqt ketishi mumkin.
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
18:56 / 25.11.2024
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbari uchun 5 yil qamoq jazosi talab qilmoqda
15:50 / 25.11.2024
Janubiy Koreyada armiyadan bo‘yin tovlash uchun atay semirgan fuqaro qamaldi
02:35 / 12.11.2024