Fan-texnika | 15:17 / 10.12.2016
10270
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada yil avtomobili aniqlandi

Foto: motor1

Yaponiyada “Yil avtomobili” aniqlandi. Eng yaxshi mashina deb Subaru Impreza tan olindi. U Toyota Prius va Audi A4’ni ortda qoldirgan.

Yangi “Impreza” Nyu-Yorkda mart oyida bo‘lib o‘tgan motorshouda taqdim etilgandi. Yaponiyada model sotuvi 13 oktabrda boshlangan bo‘lib, kompaniya bir oydan so‘ng 11 ming buyurtmani qabul qilib oldi. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, barcha takliflarning 51 foizi boshqa brendlardagi modellar egalaridan kelib tushgan.

Subaru Impreza

Eslatib o‘tamiz, yangi avloddagi “Impreza” SGP (Subaru Global Platform) moduli asosida yaratilgan bo‘lib, u simmetrik to‘la uzatma tizimi va 152 ot kuchiga ega. 

Ma'lumot uchun, Yaponiyada o‘tgan yili eng yaxshi avtomobil deb - Mazda MX-5 tan olingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid