Kolumbiya prezidentiga Nobel tinchlik mukofoti topshirildi

Foto: EPA
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga 2016 yilgi Nobel tinchlik mukofoti topshirildi.
"Mukofotning bitta laureati bor – prezident Santos. Biroq, uning yordamida biz Kolumbiya xalqiga ham o‘z hurmatimizni bildirmoqchi bo‘ldik", - deya ma'lum qilgan Norvegiya nobel qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Berit Rayss-Andersen.
Santos tinchlik mukofoti laureati deb 7 oktabr kuni e'lon qilindi. Davlat rahbariga mukofot “mamlakatda 50 yildan ortiq davom etgan fuqarolik urushiga yakun yasashga qaratilgan qat'iy harakatlari” uchun berildi.
Santosning o‘zi esa “Nobel tinchlik mukofoti Kolumbiyada tinchlikka erishishda katta turtki berganini” ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid

00:05 / 18.04.2025
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:07 / 19.03.2025
Kolumbiya senati prezidentning mehnat islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini blokladi

18:20 / 29.01.2025
Kolumbiya AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni o‘z samolyotlarida va kishansiz qaytardi

18:52 / 27.01.2025