Sport | 19:03 / 11.12.2016
7129
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» qatorasiga to‘qqizinchi g‘alabasiga erishdi APL turnir jadvalida birinchi o‘ringa qaytdi

Angliya Premer-Ligasining 15-turida «Chelsi» «Vest Bromvich Albion»ni qabul qildi va kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi.

O‘yin taqdirini 76-daqiqada Diyego Kosta tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. Antonio Konte shogirdlari ustunlikni saqlab qoldi va ichki chempionatdagi qatorasiga to‘qqizinchi g‘alabaga erishdi.

Bu g‘alaba evaziga «Chelsi» APL turnir jadvalida birinchi o‘ringa qaytdi va«Arsenal»ni yana 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Vest Bromvich» esa 20 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Chelsi – Vest Bromvich 1:0
Gol: 1:0 – 76 Diyego Kosta.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyhill, Alonso, Kante, Mozes (Fabregas, 74), Azar (Ivanovich, 79), Matich, Pedro (Villian, 63), Diyego Kosta.
Vest Bromvich –    Foster, Douson, Evans, Makoli, Nom, Fletcher, Brant (Robson-Kanu, 84), Morrison (Shadli, 78), Yakob, Fillips (Makkleyn, 78), Rondon.
Ogohlantirishlar: Brant (19), Makoli (29), Kante (48), Douson (51), Yakob (56), Matich (88).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid