Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» o‘z maydonida «Vest Hem»ni yenga olmadi
Angliya chempionatining 15-turida «Liverpul» o‘z maydonida «Vest Hem Yunayted»ni qabul qildi. «Enfild»dagi uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Mezbonlar safida gollarga Adam Lallana va Divok Origi muallif bo‘ldi, «Vest Hem»ning gollari Dimitri Payyet va Maykl Antonio tomonidan urildi.
Endilikda «Liverpul» 31 ochkosi bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda, «Vest Hem» esa 13 ochko bilan 17-pog‘onada joylashgan.
Tur doirasidagi yana bir uchrashuv «Sauthempton» va «Midlsbro» o‘rtasida kechib, mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Liverpul – Vest Hem 2:2
Gollar: 1:0 – 5 Lallana, 1:1 – 27 Payyet, 1:2 – 39 Antonio, 2:2 – 48 Origi.
Liverpul – Karius, Matip, Klayn, Lovren (Klavan, 46), Milner, Xenderson, Lallana, Firmino, Veynaldum, Mane, Origi.
Vest Hem – Rendolf, Kressuell, Rid, Ogbonna, Lansini (Fernandesh, 78), Payyet, Antonio, Obiang, Ayyu (Kerroll, 63), Nobl, Nordtveyt.
Ogohlantirishlar: Firmino (53), Mane (76).
Sauthempton – Midlsbro 1:0
Gol: 1:0 – 53 Bufal.
Sauthempton – Forster, van Deyk, Fonte, Martina, Bufal (Devis, 73), Uord-Prouz, Tadich (Redmond, 46), Klasi (Long, 85), Rodriges, Romeu, Makkuin.
Midlsbro – Valdes, Chembers, Fabio, Barragan, Gibson, de Ron, Kleyton, Forshou, Fisher, Stuani (Traore, 81), Rouds.
Ogohlantirishlar: Barragan (17), Tadich (22), Bufal (45), Forshou (52), Fonte (55), Romeu (58), Kleyton (80).
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
00:38 / 27.05.2025
Liverpulda haydovchi mashinasini futbol ishqibozlari ustiga haydadi
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025