Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti impichmenti mamlakat iqtisodiyotga ta'sir ko‘rsatmadi
Koreya Respublikasi (KR) prezidenti Pak Kin Xe impichmenti mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir ko‘rsatmadi. Bu haqida Seulda xorijiy muxbirlar uchun bo‘lib o‘tgan brifingda KR hukumatining bosh vazir o‘rinbosari hamda rejalashtirish va moliya vaziri Yu Il Xe ma'lum qildi. TASS agentligi shu haqida xabar berdi.
"Hozirga qadar impichment moliyaviy bozorga, shu jumladan asosiy birja ko‘rsatkichlari va Janubiy Koreya vonining AQSh dollariga almashuv kursiga ta'sir o‘tkazmadi", - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Yu Il Xo o‘z majburiyatlarini bajarish va milliy iqtisodiyotni nazorat qilishda davom etishini ishonch bilan ta'kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "2017 yil uchun parlament tomonidan qabul qilingan byudjyet o‘zgarishsiz qoladi". Bosh vazir o‘rinbosari kelasi yilda o‘z e'tiborini maishiy qarzlarning o‘sishi, past tug‘ilish darajasi va jamiyatning qarishi kabi tarkibiy iqtisodiy muammolarni bartaraf qilishga qaratishga va'da berdi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sishni ta'minlash va sanoat hamda korporatsiyalarni qayta tuzishni kengaytirish qayd etildi.
9 dekabrda parlament prezident impichmenti uchun ovoz berganidan keyin Pak Kyn Xe o‘z vazifalarini bajarishdan vaqtinchalik chetlatildi. Prezident vazifalarini bajarish esa mamlakat bosh vaziri Xvan Gyo An zimmasiga yuklatildi. Prezidentni hukumatdan chetlatish jarayoni Konstitutsiyaviy sud tomonidan ovoz berish natijalari tasdiqlangandan keyin yakunlanadi. Bu jarayonga qonun tomonidan 6 oygacha muddat beriladi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
14:42 / 06.05.2025