Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Chirchiq – Chimyon yo‘li mukammal ta'mirdan chiqarildi
Toshkent — Chirchiq — Chimyon yo‘lining uzunligi 20 km bo‘lgan ikki bo‘lagi to‘liq ta'mirdan chiqdi.
4R6-sonli avtomobil yo‘lining 66,6 — 76,5 va 80 — 81 kilometrlari kapital ta'mirdan chiqdi. Ta'mirlangan yo‘lning umumiy maydoni 95 ming kv. metrdan oshdi. Bu haqda Moliya vazirligining matbuot xizmati xabar bergan.
2016 yil oxiriga qadar O‘zbekistonda 512 km avtomobil yo‘llari ta'mirdan chiqadi. Undan tashqari mavjud bo‘lgan avtomobillar turar joylariga 8,7 ming kv. metr asfalt yotqizildi, uzunligi salkam 10 km bo‘lgan yo‘l cheti mustahkamlandi.
Shuningdek, yo‘lning uzunligi 1 km bo‘lgan qismiga svetodiodli yoritish tizimi va metall to‘siqlar o‘rnatildi.
To‘la ta'mirlash ishlariga qadar

To‘la ta'mirlash ishlari tugallangandan so‘ng

Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025