Jamiyat | 15:09 / 13.12.2016
70005
1 daqiqa o‘qiladi
Xatoni o‘zimiz qilib, alamni DAN xodimlaridan olamiz.. (Video)
“Farg‘ona” telekanalida “Avtonigoh” ko‘rsatuvi efirga uzatildi. Unda Qo‘qon shahridagi avtomobillar harakati tasvirga olingan.
Ma'lumotga ko‘ra, mazkur reyd davomida hech qanday hujjatlarsiz avtoulovni boshqarayotgan haydovchilar aniqlangan.
Ko‘rsatuv davomida hujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatilgan yoki inspektor ishiga chetdan kelib aralashgan ayrim fuqarolarning xizmat vazifasini o‘tayotgan xodimlarni haqorat qilayotganligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Ko‘rsatuv davomida bunday holatlar ko‘p kuzatilgan.