Fan-texnika | 08:21 / 14.12.2016
18757
2 daqiqa o‘qiladi

Bill Geyts: Tramp Xitoy bilan urushmagani ma'qul, chunki...

Foto: cnbc.com

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan narx-navo urushiga kirishmasligi kerak, chunki bu ikki davlat munosabatlarini yomonlashtiradi va Vashington uchun foydali bo‘lmaydi, deb aytdi CNBC telekompaniyasi efirida dunyoning eng badavlat odami, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts.

Uning aytishicha, u yaqinda Tramp bilan birinchi bor telefon orqali suhbatlashgan. "Umid qilamanki, Tramp Xitoy bilan "qasdma-qasd" tamoyili asosida narx-navo urushiga kirishmaydi. Bu ssenariy avvaldan mag‘lubiyatli hisoblanadi", deb aytgan Geyts.

Geyts shuningdek Tramp bilan suhbatdan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdi. Suhbat mavzusi energetikaga investitsiyalar bo‘lgan. 

Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasining boshidan Xitoyni AQShning, ayniqsa iqtisodiyot sohasidagi, bosh raqiblaridan hisoblanishini aytib kelgan. U Xitoyga valyuta manipulyatori yorlig‘ini osgan, Pekinni AQSh kompyuter tizimlariga xakerlik hujumlarida ayblagan hamda Xitoy hukumatiga agar u AQSh bilan mavjud savdo kelishuvlarini Vashington uchun maqbul shartlarda qayta tuzmasa, jiddiy choralar va qat'iy narx-navolar kiritish bilan tahdid ham qilgan. Tramp Janubiy Xitoy dengizida Xitoyni bosib turish uchun AQShning harbiy mavjudligini kuchaytirish tarafdori hisoblanadi.

 

Mavzuga oid