Light | 19:59 / 14.12.2016
12257
2 daqiqa o‘qiladi

Kimyoviy davolash muolajasida sochlarni to‘kishdan asrovchi dubulg‘a yaratildi

Kimyoviy davolash muolajalari hozirga kelib, onkologik kasalliklar bilan kurashishda eng asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Xususan, mazkur muolaja natijasida bemorlarning sochlari to‘kilmoqda. Beylor tibbiyot kolleji mutaxassislari yaqinda sochlarning to‘kilishini kamaytirishda yordam beradigan maxsus dubulg‘a o‘ylab topishdi. Uni ishlab chiqarish uchun u qadar ko‘p mablag‘ ham sarflanmaydi. Hi-News nashri shu haqida xabar berdi. 

Tadqiqot muallifi - doktor Juli Rani Nangiya. Yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazishda 235 nafar ayol ishtirok etdi. Ularning har biri kimyoviy davolash muolajasining 4 bosqichini boshidan o‘tkazgan. Sovutuvchi dubulg‘adan foydalanish tadqiqotda qatnashgan ayollarning yarmiga yordam berdi. 

Bosh terisini sovutish haqiqatdan sochlarning to‘kilishini oldini olishda yordam berishini aniqlash uchun tadqiqotchilar ishtirokchilarni ikki guruhga bo‘lishdi. Ayollarning 2/3 qismi kimyoviy muolaja boshlanishidan yarim soat avval bosh terisini 17 darajaga sovutuvchi dubulg‘ani kiyib, muolaja tugallanganidan 90 daqiqa o‘tib uni yechishgan. Tadqiqotning qolgan 1/3 qatnashchisi esa umuman dubulg‘adan foydalanmagan. Natijada birinchi guruhdagi bemorlarning 50,5 foizida soch to‘kilishning oldi olingan. Ikkinchi guruh ayollari esa sochidan butkul ayrilgan. 

Manbaga ko‘ra, yangi dubulg‘a narxi taxminan 1000 dollarni tashkil qiladi. 

 

Mavzuga oid