Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu: Qozog‘iston Isroil bilan munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan ilk musulmon davlat
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga Tel-aviv bilan munosabatlarni yaxshilashdagi sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda, «Interfaks» agentligi xabar qilmoqda.
«Men Qozog‘iston Isroil bilan munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan ilk (musulmon) mamlakat bo‘lganini e'tirof etishni istardim», — degan Netanyahu Nazarboyevga Ostonadagi uchrashuvida.
Isroil bosh vaziri, shuningdek, boshqa mamlakatlar Qozog‘istondan o‘rnak olishiga ishonch bildirgan.
«Hozirda, boshqa mamlakatlar sizdan o‘rnak olmoqda. Men buning uchun sizga shaxsan minnatdorlik bildirishni xohlardim. O‘ylaymanki, bu dunyo kelajagiga umid bag‘ishlaydi», –deb qayd etgan Isroil hukumati rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «yahudiylar va musulmonlarning jamiyat farovonligi uchun birgalikda ishlayotgani, bugungi kunda butun dunyo uchun juda ahamiyatlidir».
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025