Peres futbolchilarga murojaat qildi
«Real» jamoasi prezidenti Florentino Peres Yaponiyada jamoa futbolchilari bilan uchrashdi.
AS xabariga ko‘ra, «Qirollik klubi» rahbari futbolchilar bilan suhbatlashgan va ularning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabasi ahamiyati haqida so‘zlagan.
Bundan tashqari, Peres futbolchilardan o‘yin taqdirini hal qilishni oxirgi daqiqalargacha qoldirmaslikni so‘ragan. U bu orqali Ispaniya chempionatining 15-turida «Deportivo»ga qarshi kechgan o‘yinga (3:2) ishora qilgan.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Real» 15 dekabr kuni Meksikaning «Amerika» klubiga qarshi yarim final bahsida maydonga tushadi.
Bugun turnirning yana bir yarim finalida Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» va Yaponiyaning «Kashima Antlers» jamoalari bellashdi va bu o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan yaponlar finalga chiqdi.
Mavzuga oid

20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:18 / 09.05.2025
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi

11:38 / 05.05.2025