Jahon | 17:35 / 14.12.2016
16787
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko: Yevropa Qrimni Ukraina hududi deb tan oldi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Amsterdam sudining skif oltin osori-atiqalarini Kiyevga topshirish yuzasidan chiqargan qaror borasida o‘z fikrini bildirdi. Uning aytishicha, bu Qrimning Ukraina hududi deya tan olinishidir. Poroshenko bu haqda Facebook sahifasida yozgan.
«Amsterdam okrug sudining qarori nafaqat skif oltinlari Ukrainaga tegishli ekanini anglatadi. Qrim ham bizniki, nuqta. Bu Yevropa davlati sudining qarori», — deya bayonot bergan Poroshenko.
Amsterdam okrug sudi majlisida, skif oltinlari Ukrainaga tegishli ekani va shu sababli Kiyevga qaytarilishi zarurligi haqida qaror chiqarilgan edi. O‘z navbatida, Qrim bu tarixiy-madaniy yodgorliklar uchun kurashni davom ettirish niyatida.