Fan-texnika | 00:30 / 15.12.2016
8362
2 daqiqa o‘qiladi

Bolgarlar dunyodagi eng sokin "Tesla"ni yaratishdi

Foto: motor.ru

Bolgariyaning Vilner tyuning atelesi 2016 yildagi so‘nggi loyihasini taqdim qildi. Atele mutaxassislari Tesla Model X P90D elektr krossoveriga o‘zgartirishlar kiritib, uni kabinasi ichi eng sokin bo‘lgan "Tesla"ga aylantirishdi.

Mashinani tyuning qilish salonni to‘liq bo‘laklashdan boshlandi. Bu jarayon mashinaning tashqi ovozlardan qanchalik himoyalanganini ko‘rsatdi. Biroq mutaxassislar mashinaning bu boradagi zaif joylarini aniqlab, unga qo‘shimcha tovush izolyatsiyasini o‘rnatishdi. 

Mashinaga buyurtma bergan mijoz salon "elektrlashganroq" bo‘lishini istagan. Shunga ko‘ra, qora charm bilan qoplangan o‘rindiqlarga yorqin feruza rangli elementlar qo‘shildi. Xavfsizlik kamarlari va polga to‘shaladigan gilamchalar ham xuddi shunday rangda ishlangan.

Mashina tashqi ko‘rinishi uncha katta o‘zgarishlarga uchramadi. Mutaxassislar mashinaning tashqi qiyofasiga karbondan ishlangan bir nechta elementlar, jumladan "Tesla"ning logotopi tushirilgan orqa va old spoylerlar hamda yon oynalar korpusi o‘rnatishgan. 

Mashinaning texnik elementlari o‘zgarishsiz qoldirildi: Tesla Model X P90D old tomondan 259 ot kuchiga ega va orqa tomondan 503 ot kuchiga ega elektr dvigatellar bilan jihozlanadi. Ludicrous Mode rejimi yo‘ltanlamasga joyidan 96 km/soat tezlikkacha 3,2 soniyada erishishga imkon beradi. Mashinaning maksimal tezligi 250 km/soat bilan cheklangan.

 

Mavzuga oid