Jahon | 11:01 / 15.12.2016
3412
2 daqiqa o‘qiladi

Gonduras prezidentiga o‘z nomzodini yangi muddatga qo‘yishga ruxsat berildi

Foto: AFP

Gonduras oliy saylov sudi chorshanba kuni amaldagi prezident Xuan Orlando Ernandesning nomzodini yangi muddatga ilgari surishga rozi bo‘ldi. Mamlakatdagi navbatdagi saylovlar 2017 yilning noyabrida bo‘lib o‘tadi.

Sud kotibi Alexandro Martinesning so‘zlariga ko‘ra, Ernandesning nomzodi hukmron Milliy partiyaning ikki oqimi tomonidan taklif etilgan va sud buni qonuniy deb hisoblaydi, xabar berdi El Heraldo.

Prezidentning birinchi mandati 2018 yilning yanvarida o‘z yakuniga yetadi. Avvalroq, Ernandes Milliy partiyadan umumiy saylovlarda nomzod bo‘lishga rozi bo‘lgandi. Bu holat konstitutsiya tomonidan bir kishiga ikki bor o‘z nomzodini qo‘yish taqiqlanganiga qaramay ro‘y berdi. 2015 yilda esa oliy sud bunday imkoniyatni taqdim etuvchi qarorni qabul qilgan. 

Ma'lumot uchun, avvalgi prezident Manuel Selayya 2009 yilning iyunida davlat to‘ntarishi natijasida o‘z lavozimidan ketgandi. Bundan avval u oliy harbiy rahbariyatni iste'foga jo‘natgan. Oxir-oqibat Selayya hisbga olinib, Kosta-Rikaga chiqarib yuborilgan hamda korrupsiya va konstitutsiyani buzishda ayblangandi. Keyinchalik Gonduras sobiq prezidenti davlatga qaytib kelgan.
 

Mavzuga oid